Buxorodagi yetti tarixiy manzil islom olami roʻyxatidan joy oldi
Buxorodagi yetti tarixiy manzil islom olami roʻyxatidan joy oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Xabarga koʻra, joriy yilning iyun oyida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO) Islom olami merosi Qoʻmitasining IX yigʻilishi boʻlib oʻtgan.
Unda, Oʻzbekiston, Quvayt, Iroq, Indoneziya, Kamerun, Kot-dʻIvuar, davlatlari, Mavritaniya, Pokiston Islom respublikalari hamda Nigeriya Federativ respublikasi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur yigʻilishda Qoʻmitaga aʼzo davlatlar tomonidan Islom olami merosi roʻyxatiga kiritish uchun nomzodnomalar taklif etildi.
Xususan, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi ushbu roʻyxatga kiritish uchun Buxoro viloyatida joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband, Poykent, Poyi-Kalon majmualari, Magoki-Attoriy masjidi hamda Toshsaroy madrasasi nomzodlari koʻrsatildi.
"Tavsiya etilgan nomzodnomalar Qoʻmitaning maxsus tuzilgan komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, bir ovozdan tasdiqlandi.
Yigʻilish yakuniga koʻra, Islom olami merosining oxirgi hamda tasdiqlanmagan roʻyxati shakllantirilib, Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan obyektlarning barchasi Islom olamining yakuniy roʻyxatiga kiritildi", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring