JSST «COVID-19»ga qarshi vaksinalar borasida jiddiy bayonot bilan chiqdi
Foto: AP
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) fuqarolarni “COVID-19”ga qarshi turli xil vaksinalarni olish borasida mustaqil qaror qabul qilmaslikka chaqirdi.
Bu haqda Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda JSST vakili Kristian Lindmayer maʼlum qildi.
“Odamlar turli xil vaksinalar bilan emlanishi toʻgʻrisida oʻzlari qaror qabul qilishlari shart emas. Buni sogʻliqni saqlash organlari mavjud maʼlumotlarga asoslanib amalga oshirishi mumkin”, deydi u JSST bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatanning fikrlarini keltirib.
Shuningdek, uning taʼkidlashicha, turli vaksinalarni aralashtirish va birlashtirish boʻyicha maʼlumotlar hozirda kutilmoqda hamda xavfsizligi baholanmoqda.
May oyida JSST mutaxassislari Amerikaning “Pfizer” va “BioNTech” (AQSH/Germaniya) kompaniyalarining vaksinasi boʻyicha oʻzlarining vaqtinchalik tavsiyalarini yangilashgan. Unga koʻra, “AstraZeneca” ingliz-shved kompaniyasi preparatining birinchi dozasidan keyin emlashning ikkinchi dozasi sifatida “Pfizer” va “BioNTech” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgan edi. Ushbu tavsiya “AstraZeneca” vaksinasini yetkazib berish yoki boshqa sabablarga koʻra ikkinchi dozada olish mumkin boʻlmagan holatlarga tegishli boʻlgan.
Kristian Lindmayerga koʻra, hozir Oksford universitetida “Pfizer” va “BioNTech” va “AstraZeneca” vaksinalarini aralash ishlatish taʼsiri boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Yaqinda ushbu jarayonga AQSHning “Moderna” va “Novovax” kompaniyalarining vaksinalari ham jalb etilgan.
“Oksford universiteti tomonidan oʻtkazilgan sinovlarning dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, «AstraZeneca” vaksinasini birinchi dozasi sifatida qabul qilib, undan keyin ikkinchi doza sifatida “Pfizer” va “BioNTech” preparati bilan emlanganlarda har ikki dozada ham “AstraZeneca” vaksinasini olganlarga nisbatan isitma va boshqa yengil yon taʼsirlar koʻproq kuzatilgan», deydi JSST vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu tadqiqotlar 50 va undan katta yoshdagi odamlar orasida oʻtkazilgan. Yon taʼsiri odatda bir necha kun davom etgan va kasalxonaga yotqizish talab qilinmagan.
Avvalroq, JSST immunizatsiya departamenti boshligʻi OʻBrayen tashkilot koronavirusga bir xil vaksinani bilan emlashni tavsiya qiladi. Chunki turli xil vaksinalardan foydalanish taʼsiri hali oʻrganilmagan.
“Tadqiqotlar davom etmoqda va yaqin oylarda bu haqda maʼlumot olish kutilmoqda”, deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring