Xitoy "COVID-19"ga qarshi vaksina olmagan odamlarga cheklovlar joriy qilmoqchi
Foto: Reuters
Xitoy muzofotlari maʼmuriyatlari iyul oyi oxiri yoki avgust oyining boshiga qadar "COVID-19"ga qarshi vaksina olmagan fuqarolarga cheklovlar joriy qilmoqchi.
CNN xabariga koʻra, bunday cheklovlarni amalga kiritishga 12 ta muzofot — Sichuan, Fuszyan, Shensi, Szyansu, Szyansi, Guansi, Anxoy, Shandun, Xebey, Xenan, Chjeszyan va Ichki Moʻgʻuliston maʼmuriyatlari tayyorgarlik koʻrmoqda.
Manbada aytilishicha, mamlakatda cheklov siyosati har bir muzofotda bir-biridan farq qiladi. Masalan, Szyansida joriy yilning 26-iyuliga qadar vaksina olmaganlarning maktablar, tibbiy muassasalarga kirishni hamda jamoat transportidan foydalanishi taqiqlanadi.
Sichuanda supermarketlar xodimlari va bozorlardagi sotuvchilar 17-iyulga qadar emlanmagan boʻlsa ishidan ayriladi.
Guansi muzofoti rasmiylari emlanmagan ota-onalarning farzandlari maktabga kiritilmasligini maʼlum qildi. Ammo jamoatchilik gʻazabidan soʻng bu qaror bekor qilindi.
Mahalliy hokimiyatlarining emlash tezligini oshirishga boʻlgan bu intilishi Xitoy kommunistik partiyasining 2021-yilning dekabr oyiga qadar mamlakatda ommaviy immunitetni shakllantirishga erishish talabi bilan bogʻliq. Buning uchun Xitoy oʻz fuqarolarining 80-85 foizini emlashi kerak. Bu 1 milliard kishi vaksina olishi lozim, deganidir. Mahalliy OAVda xitoyliklar allaqachon 1,4 milliard doza vaksina olgani haqida maʼlumotlar tarqatgan. Ammo qancha odam toʻliq emlangani haqida aniq raqamlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring