Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi deputatlari bilan uchrashdi

18:57 05 Oktyabr 2023 Siyosat
381 0

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi Yer, infratuzilma va transport qoʻmitasi deputatlari Chxve In Xo va Kim Chong Chje boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston va Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq masofada joylashgan boʻlsada, ularni uzoq yillik doʻstlik va manfaatli hamkorlik rishtalari oʻzaro bogʻlab turganligini alohida taʼkidladilar.

Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik hamda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, ayniqsa parlamentlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputatlari mamlakatning bir qator korporatsiyatsiyalari Oʻzbekistonda avtomobil va temir yoʻllari infratuzilmalarini rivojlantirishda faol ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini aytib oʻtdi.

Shu bilan birga mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor qilib, Oliy Majlis Senati delegatsiyasini 2023-yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtadigan “EKSPO-2030» butunjahon koʻrgazmasida ishtirok etish uchun taklif etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?