Boysunda “Olma sayli” festivali oʻtkazildi

12:54 04 Noyabr 2024 Jamiyat
110 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Boysun goʻzal tabiati, osmonoʻpar togʻlari, moʻtadil ob-havosi, shifobaxsh giyoh va suvlari, tarixiy yodgorliklari, milliy urf-odatlari bilan sayyohlarni hamisha oʻziga mahliyo etib kelmoqda. Ayniqsa, “Boysun” navli olmasining taʼmi shirin va sersuv.

Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm boshqarmasi hamkorligida Boysunda anʼanaviy “Olma sayli” festivali oʻtkazildi. Bu yilgi tadbirga kelgan mehmonlar togʻlar qoʻynida yetishtirilgan sarxil olma va boshqa mevalarni tatib koʻrib, ularning inson organizmiga foydasi haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldi.

Festivalda olma yetishtirishda “Eng faol mahalla”, “Eng faol tashkilot”, “Eng shirin olma bogʻi yaratuvchisi” kabi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, ular diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Folklor jamoalari va estrada xonandalarining qiziqarli konsert dasturi tadbirga bayramona ruh bagʻishladi.

Festival dasturi doirasida savdo koʻrgazmalari tashkil etildi. Mashhur Omonxona shifobaxsh suvi joylashgan hududda turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Turistik manzillarga uyushtirilgan info-tur dasturida jurnalist va blogerlar hududning sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер