Andijonda narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs qamoqqa olindi
Foto: DXX
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi xonadonda tashkil etilgan narkolaboratoriya faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, Bojxona hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda ushbu tumanda yashovchi, 38 yoshli shaxsning yonida boʻlgan 1 dona nomsiz sprey idishdagi nomaʼlum suyuqlik va 2 dona nomsiz dori vositalari vaqtincha saqlovga olingan.
Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, Xoʻjaobod tumanidagi unga tegishli xonadon koʻzdan kechirilganda, ushbu manzilda narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlangan.
Narkolaboratoriyadan sprey idishlarda boʻlgan nomsiz suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda narkotiklar tayyorlashda kerak boʻladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu moddalar “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi hamda “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi ekani maʼlum boʻlgan.
Bildirilishicha, hozirda narkolaboratoriya egasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring