“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovi jadvali oʻzgartirilishi mumkin

02:39 24 Iyul 2024 Jamiyat
312 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabar berdi.

Qayd qilinishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari ertalabki qatnovi vaqtini 1 soat oldinga surish taklif qilinmoqda.

Jumladan:

- Toshkent – Qarshi yoʻnalishida poyezdning amaldagi joʻnash vaqti soat 7:24, taklif qilinayotgan vaqt – 6:24;

- Toshkent – Samarqand, amaldagi joʻnash vaqti 7:47, taklif qilinayotgan vaqt – 6:47;

- Toshkent – Buxoro, amaldagi joʻnash vaqti 8:23, taklif qilinayotgan vaqt – 7:23;

- Toshkent – Buxoro, amaldagi joʻnash vaqti 8:50, taklif qilinayotgan vaqt – 7:50.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?