50 yillik muammo 5 kunda ijobiy yechim topdi

11:14 23 Iyul 2024 Jamiyat
121 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda respublikamizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga boʻlgan eʼtibor ortdi. Zero, bu orqali mavjud muammolarning ijobiy yechimini taʼminlash imkoniyati yaratilmoqda. Misol uchun, Ulugʻnor tumanida yashovchi Akmaljon Botirovni olaylik.

— Men istiqomat qilayotgan hovli-joy bundan 50 yil muqaddam otam tomonidan qurib, bitkazilgan, — deydi u biz bilan suhbatda. — Afsuski, shu paytgacha kadastr hujjati boʻlmagan. Bu borada, albatta, oʻzimizning eʼtiborsizligimiz, yetarli huquqiy bilimga ega boʻlmaganligimiz sabab boʻlgan. Bu hayotimiz davomida koʻplab muammolarni keltirib chiqardi. Kelgusida farzandlarim ham shu kabi qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga murojaat qildim. Xodimlar oʻlchov ishlarini amalga oshirdi. Besh kundan soʻng kadastr pasportiga ega boʻldim.

Maʼlum boʻlishicha, boshqarmaga joriy yilning shu davriga qadar mulk obyektiga kadastr pasportini tayyorlash boʻyicha 46 ming 427 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 26 ming 346 tasi qanoatlantirilgan boʻlib, qolgan qismi yuzasidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, kadastr sohasiga oid murojaatlar muammolar bartaraf etilishi bilan birga, mulk egalarining huquqiy bilimi shakllanishiga ham xizmat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер