Zomin “II Xalqaro maqom sanʼati anjumani”ga mezbonlik qilmoqda
Said DONISHEV,“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida “II Xalqaro maqom sanʼati anjumani” oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bugun anjumanning dastlabki kuni va muxbirimiz anjumanning ilk taassurotlari haqida reportaj tayyorlangan.
Oʻzbekistonda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan “II Xalqaro maqom anjumani” da 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda. Anjuman ishtirokchilari Dashtobod vokzalida oʻzbek milliy musiqa sadolari ostida tantanali kutib olindi. Millatimiz odatiga binoan mehmonlarga non, tuz va shirinliklar taqdim etildi.
— Men Misr sanʼat akademiyasi professoriman. Bu xalqaro anjumanda ilk marotaba ishtirok etyapman. Bu forum dunyo sanʼati, rivojlanishi, xalqlarning mumtoz musiqa sanʼati bardavom yashashida muhim ahamiyatga ega, — deydi anjuman ishtirokchisi Ashraf Abdurahmon.
Shundan soʻng mehmonlar tarjimon volontyorlar hamrohligida Zomin tumanida joylashgan mehmonxonalarga yoʻl olishdi. Bugunning asosiy tadbiri tantanali ochilish marosimi. Maʼlumot uchun, II Xalqaro maqom sanʼati anjumani doirasida “Maqom sanʼatining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, ishtirokchilar oʻrtasida koʻrik-tanlov va turli koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi. Xususan, “Zominsoy” majmuasi hududida respublikaning 14 ta hududi pavilyonlari tashkil etilgan boʻlib, viloyatlarning oʻziga xos madaniyati va sanʼatini namoyish etish uchun madaniyat va sanʼat namunalari taqdim etiladi.
Anjuman davomida xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, bugun kechga Xalqaro maqom anjumanining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring