JSST rahbari Tedros Gebreyesus “Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash aʼlochisi” boʻldi
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Jenevada oʻtayotgan Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi.
Muloqotda asosiy eʼtibor mamlakatimizda ushbu tashkilot koʻmagida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va istiqbollari muhokamasiga qaratildi.
A.Inoyatov Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishda koʻrsatilayotgan begʻaraz yordam uchun T.Gebreyesusga minnatdorlik bildirdi.
JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ayniqsa, mamlakatimizning silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga oʻrnak boʻlishini taʼkidladi.
Muloqot yakunida JSST bilan Oʻzbekistonning samarali hamkorligini taʼminlashga qoʻshayotgan hissasi uchun Tedros Gebreyesusga “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring