Joriy yilda Qozogʻiston va Tojikiston davlatlarida “Made in Uzbekistan” savdo uyi ochiladi

17:34 11 Yanvar 2024 Jamiyat
368 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov maʼlum qildi.

2023-yilda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Ozarbayjon davlatida “made in Uzbekistan” savdo uyi ochildi.

Davlatlar kesimida tahlil qilinganda eksport qilingan mahsulotlarning 34,5 foizi Qozogʻiston hissasiga, 17,4 foizi Qirgʻizistonga, 12,6 foizi Tojikistonga, 12,3 foizi Rossiya Federatsiyasiga, 4,2 foizi Turkmanistonga, 3,2 foizi Litvaga va 2,3 foizi Xitoy davlatlariga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, Tailand, Belgiya, Fiji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya va boshqa shu kabi davlatlarning bozorlarini oʻzlashtirilishi hisobiga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaytirildi.

Oʻtgan yilning oʻzida qoʻshimcha 10 tadan ortiq yangi mahsulot eksport qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер