Jizzaxda tovlamachilar ayolning intim videosini tarqatmaslik uchun pul undirdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqarolar bir ayolning intim videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qoʻrqitib, pul talab qilgan. Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilar qoʻlga olindi.Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh shaxslar, xuddi shu tumandagi koʻp qavatli uylarning birida ijarada yashovchi tanish ayoldan pul undirish maqsadida jinoiy til biriktiradi.
Rejaga koʻra guruhdagilardan biri ushbu ayol bilan jinsiy aloqada boʻlayotgan vaqtda telefon orqali video tasvirga olinadi. Ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga ayoldan 3 million soʻm miqdorida pul talab qilishadi. Ayolning Jizzax viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimiga bergan arizasiga koʻra, tezkor tadbir oʻtkazilib tovlamachilik qilgan shaxslar oʻzaro pulni boʻlishayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib qonunbuzarlarga nisbatan qamoqqa olish chorasi koʻrildi.
Oldinroq, Toshkentda firibgar oʻz tanishining behayo suratlarini internetda tarqatmaslik uchun pul talab qilgan edi. Shuningdek, Samarqandda yuzlab taksi haydovchilaridan pul talab qilgan shaxslar ushlangani maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring