Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

19:35 15 Avgust 2024 Jamiyat
538 0

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes ombudsman axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida koʻrib chiqib, Yagona elektron platformaga oʻz xulosasini kiritishi shart.

Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmadi.

Zomin tumanidagi “Yaxshi niyat” (nomi oʻzgartirilgan) MCHJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib koʻrib chiqilgani bunga misol boʻla oladi.

Qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер