Endi ishga qabul qilishda pensiya daftarchasini talab qilish bekor qilinadi – Qonun loyihasi
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati maʼlum qilgan.
Xabar qilinishicha, qonun loyihasi bilan ishga qabul qilish chogʻida talabgorlardan talab etiladigan hujjatlar roʻyxati qisqartiriladi.
Xususan, axborot tizimlaridan olish imkoniyati yaratilgani uchun davlat tashkilotlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va mehnat daftarchalarni hamda jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini talab qilish bekor qilinmoqda.
Bundan tashqari, loyiha bilan Mehnat kodeksining 11-moddasi “Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinmagan qismi boʻyicha tatbiq etiladi», degan soʻzlar bilan toʻldirilyapti.
Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlanishida qonunchilik hujjatlari takomillashtiriladi. Mehnat kodeksi bilan yangi qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari oʻrtasida oʻzaro muvofiqlik taʼminlanadi.
“Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring