Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartishlar kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan Xamrayev Alisher Shonazarovich va Zigashina Guzal Ravilevna oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari etib saylandi.

11:44 03.06.2023
Qutlov!

49-Uychi saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Barnoxon Mirzamovani tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

10:09 30.05.2023
Xalq demokratik partiyasi prezidentlikka nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Bugun, 29 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

15:40 29.05.2023
Qutlov!

15-Xoʻjaobod saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyar Maniyazovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

10:40 29.05.2023
“Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitusiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi va Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venesiya komissiyasi) bilan hamkorlikda Samarqandda ana shu mavzuda xalqaro konferensiya tashkil etildi.

18:25 25.05.2023
Oʻzbekiston va Tojikiston bir-birining aerodromlaridan foydalanishi mumkin boʻladi

Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi kelishuvni 2023-yil fevralida qabul qilgan, Senat may oyi boshida maʼqullagan.

19:36 23.05.2023
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining parlament soʻroviga yuborgan javoblari deputatlarni qoniqtirdimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida xalq vakillari Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaning “Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga yuborgan javobini atroflicha koʻrib chiqdi.

13:28 23.05.2023
Transport vazirining Qonunchilik palatasi parlament soʻroviga yuborgan javobi muhokama etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Transport vaziri I.Mahkamovning “Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga yuborgan javobini atroflicha koʻrib chiqishdi.

13:22 23.05.2023
Qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

13:16 23.05.2023
Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining 59 ta qonuni va 6 ta kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.

13:13 23.05.2023
Qonun loyihasi nega tashabbuskor subyektga qaytarildi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

13:10 23.05.2023
Metrologiya xizmatlari koʻrsatish: vujudga keladigan manfaatlar toʻqnashuviga barham beriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan «Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham qizgʻin muhokama qilindi.

12:52 23.05.2023
Kripto-aktivlar sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

12:11 23.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilyapti.

11:50 23.05.2023

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер