Noqonuniy tarzda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament aksiz markasiz tamaki va isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Zangiota tumani hududida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar N.S. va M.U.ni qoʻlga oldi.
Qayd etilishicha, ular xorijda ishlab chiqarilgan jami 2 ming 070 dona elektron tamaki mahsulotini fuqaro A.S.ga 43,1 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan hech qanday hujjatsiz umumi bahosi 67,2 million soʻmlik elektron va aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib olingan.
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va Moʻynoq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan A.K. xaridor D.S.ga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, undan tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 42 million soʻmlik jami 2 ming 539 quti tamaki mahsulotlari hujjatlashtirilgan.
Bundan tashqari, Departamentning Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Xoʻjaguzar” MFY hududidagi oziq-ovqat doʻkonida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan D.Sh. fuqaro M.B.ga aksiz markasiz tamaki va alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlangan.
Aniqlanishicha, ayblanuvchi ushbu oziq-ovqat doʻkonidan 2 ming 312 quti aksiz markasiz tamaki hamda 13 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan viloyat YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Navoiy viloyatidan kelgan “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, fuqaro A.S. jami 1 005 dona isteʼmolga yaroqsiz “Russkaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini oʻtkazish maqsadida ortib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring