Qonun hujjatlarida “raqamli dalillar” atamasi paydo boʻlishi nega ahamiyatli hisoblanadi?

11:44 27 Avgust 2024 Siyosat
269 0

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati maʼlum qilgan.

Xabar qilinishicha, keyingi paytda jinoyatchilar aholining bankdagi pullarini talon-toroj qilishda yangi usullardan foydalanishi va huquqiy normalardagi boʻshliqlar sababli jarayonni samarali hal qilishda muammolar paydo boʻlgandi.

Xususan, dasturiy apparat qurilmalari yordamida qonunga xilof tarzda bank kartasi yoki boshqa toʻlov kartalarining nusxasini yasash, soxtalashtirish orqali oʻzganing bank hisobidagi yoxud elektron toʻlov hamyonidagi pullari talon-toroj qilingan holatlar qayd etilgan.

Shu sababli ham huquqni qoʻllash amaliyotidagi elektron maʼlumotlarni raqamli dalil deb topish va ish hujjatlariga qoʻshish bilan bogʻliq muammolar jinoyatni fosh etish bilan bogʻliq faoliyatda qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgandi.

“Raqamli dalillar” atamasini qabul qilib olish, tekshirish va baholash tartibiga oid normalarni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlariga kiritish zarurati yuzaga kelisi ushbu hujjatning koʻrib chiqilishiga asos boʻlgan. Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga “raqamli dalil” tushunchasi, raqamli dalillarni aniqlash, toʻplash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish hamda saqlash tartiblari, shuningdek mazkur jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi protsessual qonunchilikdagi boʻshliqlarni bartaraf etishga, yangi institutlarni joriy etishga, odil sudlov sifatini oshirishga, sud ish yurituvini takomillashtirishga, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilashga xizmat qiladi.

“Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер