“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida bildirilgan takliflar ijrosi doirasida “Tarbiya” fani orqali yosh avlod ongida halollik, vijdon, insof, haqiqatparastlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘mitalar tomonidan mazkur fanning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh takliflari yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev taqdimot qildi. Unda “Tarbiya” fani dasturlariga o‘quvchilarda halollik, to‘g‘rilik, ishonch, sadoqat, rostgo‘ylik va insoniylik kabi fazilatlarni uyg‘otishga qaratilgan mavzular kiritilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, majlis ishtirokchilari tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni mustahkamlash, shaxsiy fikrni erkin bayon qilish, sog‘lom munosabatlar o‘rnatish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish kabi qo‘shimcha mavzularni dasturga kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Qo‘shma majlis yakunida “Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.





Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring