“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan Turizm va sport vazirligining sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
Bunda sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan gʻoliblar I, II, va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi.
Baholash tizimi boʻyicha yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining
50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;
maxsus talablarni bajargan gʻoliblarga (I oʻrin) “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga kirishda;
bepul tarzda davlat tuman (shahar) koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtadi;
maxsus talablarni bajargan gʻoliblarga (I oʻrin) umumiy foydalanishdagi davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno);
farzandlari yashayotgan joydagi umumtaʼlim maktabi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;
barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etiladi;
respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (oliy taʼlim muassasalari sport yoʻnalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashgʻulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashgʻulotlardan ozod qilinishi) beriladi.
Mazkur qaror bilan belgilangan sport sinovlarini oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar Davlat byudjeti parametrlarida Turizm va sport vazirligi uchun koʻzda tutib boriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring