Jasur Jaysunov birinchi davradayoq yutqazib qoʻydi

14:14 09 Avgust 2024 Sport
115 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jasur Jaysunov “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini boshlab oldi.

Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jasur Jaysunov yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki jangini eronlik nomdor sportchi, Mehran Barhordoriga qarshi oʻtkazdi.

Murosasiz bahs olib borgan Jaysunov 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Barhordori finalga yetib borgan taqdirda Jaysunov bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Jasurbek Jaysunov 2002-yil 19-aprelda tavallud topgan. U 2022-yilgi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sohibi boʻlgan va 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan.

Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер