Jahon chempionatining eng yomon futbolchilari nomi maʼlum qilindi

00:53 20 Dekabr 2022 Sport
1386 0

Foto: Reuters

Fransiyaning “LʼEquipe” nashri Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatining eng yomon futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Unga koʻra, Uels terma jamoasi darvozaboni Ueyn Xennessi musobaqaning eng yomon darvozabon deb topildi.

Himoyachilar roʻyxatidan Metti Kesh (Polsha), Xusayn Kanaani (Eron), Bualim Kukxi (Qatar), Yannik Ferreyra Karrasko (Belgiya) joy oldi.

Eng yomon yarim himoyachilar "reytingi"dan Andreas Skov Olsen (Daniya), Kristian Belik (Polsha), Petr Zelinski (Polsha), Krepen Dyatta (Senegal) joy oldi. Ana shunday hujumchilar sirasiga Garet Beyl (Uels), Antoni Kontreras (Kosta-Rika) kirdi.

Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, yangi jahon chempioniga aylandi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2, qoʻshimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida argentinaliklar aniqroq harakat qilishdi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?