“Yutuqli oʻyin”lar ortidagi firibgarlik fosh etildi

13:35 07 Sentyabr 2023 Jamiyat
479 0

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi bir necha fuqarolar IIOga murojaat qilib “Telegram” messenjeridagi “Yutuqli aksiya” guruhiga aʼzo ekanliklari va guruh administratori tomonidan ularga yuborilgan ““Iphone X“ sohibiga aylandingiz! Yutuqni qoʻlga kiritish uchun pochta pulini toʻlang” mazmunidagi xabarga ishonib, yuborilgan bank kartasi hisobiga 150.000 soʻm oʻtkazib berishganligini, ammo hech qanday yutuqni qabul qilib olishmaganliklarini maʼlum qilishgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi 39 yoshli (erkak) fuqaro Gʻ.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Gʻ.R.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?