Nodirbeklar qatnashgan yirik shaxmat turniri qanday yakunlandi?

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilgan shaxmat boʻyicha anʼanaviy “Tata Steel Chess 2025” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Unda “Masters” guruhida 3-oʻrinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Pentala Xarikrishnaga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi.
Musobaqaning soʻngi, 13-turida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju vatandoshi Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi oʻrindagi Rameshbabu Praggnanandxa ham soʻnggi turda germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga chempionlik uchun kurashda qulay imkoniyat yaratib bergandi.
Afsuski, Abdusattorov hamda Xarikrishnaning bahsi durrang bilan kifoyalandi. Nodirbekning ushbu bahsdagi gʻalabasi unga chempionlik tay-brek uchrashuvlarida qatnashish imkoniyatini berar edi.
Turnirning hal qiluvchi bosqichida 8.5 ochkodan jamgʻargan Gukesh va Rameshbabu oʻrtasidagi tay-brekda Pragnanandha 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, “Tata Steel Chess 2025” chempionligini qoʻlga kiritdi.
Gukesh Dommaradju ikkinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan uchinchi pogʻonani egalladi.
Yana bir hamyurtimiz, “Chellengers” guruhida qatnashgan Nodirbek Yakubboyev 8 ochko bilan qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 4-oʻrinni egalladi. Yakubbayev musobaqaning yakuni arafasida faollik koʻrsatib, ketma-ket uchta partiyada gʻalabaga erishdi. Ammo musobaqa avvalida boy berilgan ochkolar Yakubbayevni sovrindorlar qatoridan tushib qolishiga sabab boʻldi.
“Chellengers” guruhida Chexiyalik Van Nguyen va ozarbayjonlik Aydin Suleymanli yakunda 9,5 ochkodan jamgʻarishdi. Tay-brekda Nguyenning qoʻli baland kelib, “Chellengers” guruhi chempioniga aylandi. Yakubboyevdan yarim ochko koʻp jamgʻargan niderlandiyalik Ervin Lʼami 8,5 ochko bilan uchinchi oʻrindan joy olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring