Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonliklarga 30 kungacha bepul yotoq beriladi
Rossiya Federatsiyasida ishlash davrida murakkab moliyaviy ahvolda, turar joysiz qolgan, tazyiqqa uchragan, majburiy mehnat yoki zoʻravonlik qurboni boʻlgan hamyurtlarimizga moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatiladi. Bu haqida Migratsiya agentligi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Migratsiya agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi Moskva va Moskva viloyatidagi 15 taga yaqin xostel va sutkalik mehmonxonalar bilan shartnoma imzolagan.
Murakkkab moliyyaviy ahvolda turar joysiz qolgan fuqarolar Migratsiya agentligining Moskva shahri, 1-Kazachiy tor koʻchasi, 11/2 uyda (metro Polyanka) joylashgan vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin boʻladi. Shundan soʻng vaziyat oʻrganganiladi va 30 kungacha bepul yotoq joyda yashash imkoniyati yaratiladi.
“Hozirda Shimoli-gʻarbiy, Ural, Sibir, Uzoq Sharq va Janubiy okruglarda ham shunday xostel va mehmonxonalar bilan shartnoma ishlari ketmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring