“Merriam-Webster” lugʻati 2025-yilning asosiy soʻzini eʼlon qildi
AQSHning “Merriam-Webster” lugʻati “slop” atamasini 2025-yilning asosiy soʻzi deb eʼlon qildi. Bu haqda lugʻatning rasmiy saytida maʼlumot berilgan.
Mazkur atama sunʼiy intellekt yordamida katta hajmda ishlab chiqariladigan, sifati past va mazmunsiz boʻlgan, asosan daromad olishga qaratilgan kontentni ifodalaydi.
Shuningdek, “slop” tushunchasiga neyron tarmoqlar orqali yaratilgan mantiqsiz videolar va boshqa turdagi media mahsulotlar ham kiritiladi. Qizigʻi shundaki, bu soʻz ilk bor XVIII asrda paydo boʻlgan boʻlib, oʻsha paytda “suyuq loy”, “iflos qor” yoki “balchiq” maʼnosida ishlatilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili “Merriam-Webster” “jamiyatdagi qarama-qarshiliklar kuchayishi” fonida “polarization” atamasini yil soʻzi sifatida tanlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring