“Yuqori Beshkapa”da yangi maktab foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Rishton tumani “Yuqori Beshkapa” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 61-umumtaʼlim maktabi uchun 240 oʻrinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Maktabning 2009-yili qurilgan binosi 180 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda 400 nafar oʻquvchi ikki navbatda taʼlim olayotgan edi. Davlat investitsiya dasturi asosida 2 milliard 681 million soʻm mablagʻ evaziga maktab uchun 2 qavatli 240 oʻquvchi oʻrniga ega yangi bino bunyod etildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda Rishton tumani hokimi, sektor rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Keyingi yillarda yurtimizda taʼlim tizimini isloh qilish, ayniqsa, umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun yangi binolar qurish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan ushbu taʼlim muassasasida ham kelajagimiz vorislari uchun barcha qulayliklar muhayyo etildi.
— Quvonarlisi, bugun mazkur taʼlim maskanida «Tashabbusli byudjet« loyihasi doirasida qurib bitkazilgan sport maydonchasi va maʼnaviyat maskani ham ish boshladi, — deydi Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Zarifjon Umarov. — Shu tariqa ezgu maqsad ijobati uchun 1 milliard 360 million soʻm mablagʻ ajratilib, yangi sport maydonchasi va maʼnaviyat maskani barpo etildi.
Aytish joiz, 2024-yili Rishton tumanida maktablarni zamonaviy mezonlar asosida taʼmirlash maqsadida davlat byudjetidan 30 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring