Yozning eng koʻp kutilgan transferi soʻnggi lahzada amalga oshdi
“Nyukasl” jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi. Bu haqida Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Insayderning maʼlum qilishicha, tomonlar nihoyat kelishuvga erishgan. Endi “mersisaydliklar” Isak uchun “Nyukasl” jamoasiga 150 million yevro toʻlaydi.
Taʼkidlash kerakki, bu transfer Angliya klublari tarixidagi eng qimmat xaridga aylanmoqda. Shuningdek, Isak jahon futboli tarixida transferi uchun eng koʻp pul toʻlangan uchinchi futbolchiga aylanadi.
“Liverpul” klubi Aleksandr bilan 5-yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ingliz nashrlari futbolchining yangi klubidagi haftalik maoshi 250–300 ming yevro atrofida boʻlishi haqida yozmoqda.
Maʼlumot uchun, Isak “Nyukasl”da 2022-yildan beri harakat qilib keladi. U jamoa safida 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va yana 11 ta golga asist boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring