“Yoshlar daftari”ga yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish muddati qisqardi

17:43 16 Iyul 2024 Siyosat
470 0

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning “Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Yoshlar daftari” orqali yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bevosita mahallalarda hal etish imkoniyati yaratildi va murojaatlarni koʻrib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi. Shuningdek, koʻrsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetkazilgani ham alohida eʼtirof etildi.

Saʼdullayevga koʻra, xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat qilish uchun joʻnab ketgan yoshlar bilan manzilli ishlash masalasi yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanmoqda. Yoshlar yetakchilari tomonidan xonadonma-xonadon xatlov ishlari orqali 268 ming nafar xorijdagi yoshlar balansi shakllantirilib, ular bilan doimiy muloqot oʻrnatilgan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 2021-yildan boshlab yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida mutlaqo yangi tizim – “Yoshlar daftari” tizimi joriy etilgandi.

Avvalroq deputatlar davlat mulkini “nol” qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinishiga oid qonun loyihasini qabul qilgani haqida xabar qilingandi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?