“Yoshlar daftari”dagi yigit-qizlar qanday yordam berilmoqda?

19:28 07 Dekabr 2021 Jamiyat
770 0

Foto: "Xalq so'zi"

Andijon viloyatida yoshlarni ish bilan taʼminlash, ayniqsa,   ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida shu yil boshida ularga 10 sotixdan yer maydoni ajratilgan edi. Natijada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yuzlab yigit-qizlar dehqonchilik qilish orqali daromad manbaiga ega boʻldilar. Misol uchun, Oltinkoʻl tumanida istiqomat qiluvchi Bekzodbek Botirov ana shu imkoniyatdan unumli foydalanish orqali “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.

— Yer maydoni ajratilishi bilan kartoshka ekdim, — deydi Bekzodbek. — 3 tonna hosil yigʻib oldim. Uning oʻrniga makkajoʻxori ekdim. Uchinchi ekin oʻrnida mosh  ekdim. Bir paytning oʻzida mosh bilan bir qatorda kungaboqar  parvarishladim. Yaʼni, 10 sotix yerdan 4 turdagi ekin orqali 3-marta hosil yigʻib oldim. Umumiy daromadim 20 million soʻmni tashkil etdi.

Yer bilan tillashishni oʻrgangan yosh yigit qishda ham bekor yurgani yoʻq. Tomorqasidagi 5 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, sarimsoqpiyoz ekdi. Bu orqali u qish mavsumining oʻzida yana 20 million soʻm daromad topishni rejalashtirgan.

Chindan ham “Yoshlar daftari”ga kiritilgan  yigit-qizlar bugun dehqonchilik va tadbirkorlik yoʻnalishlarini oʻzlashtirgan holda ehtiyojmandlar safidan chiqmoqdalar. Amalda oʻz natijasini koʻrsatgan ushbu yoʻl orqali 2022-yilda birgina Oltinkoʻl tumanining oʻzida yana 273 nafar shu toifadagi yoshlarga daromad manbaiga ega boʻlishi uchun yaqindan koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер