“Yashil energiya”dan foydalanish koʻlami ortmoqda

11:14 21 Avgust 2024 Jamiyat
79 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Andijon viloyatida 1 ming 270 ta ijtimoiy soha obyektiga yiliga 13,9 mln. k/vatt-soat energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega 12,7 megavattli quyosh panellari oʻrnatish belgilangan. Xoʻsh, qaror ijrosini taʼminlash doirasida viloyatdagi ishlar qay darajada?

— Hozirga qadar jami 10 ming 390 ta obyektga 45 ming 520 kVt-soat, shundan 8 ming 224 ta aholi xonadoniga 14 ming 90 kVt-soat, 480 ta tadbirkorlik subyektiga 15 ming 160 kVt-soat, 816 ta ijtimoiy soha va davlat idoralariga 16 ming 270 kVt-soat quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatildi, — deydi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Muhammadjon Nishonov. — Bu boradagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirish darkor. Shu bois har bir shahar va tumanlarda boʻlib, mavzuga doir seminarlar tashkil etilmoqda. Ularda yashil energiyaning afzalliklari haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Buloqboshi tumanida ijtimoiy soha obyektlariga, shuningdek, Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida tumanning turli mahallalaridagi 50 ta xonadonga taʼminotchi korxona tomonidan quyosh panellari oʻrnatish belgilab olindi. Bu tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер