Yarim asrlik yangilik: astma xurujlariga qarshi yangi dori ishlab chiqildi
Buyuk Britaniya tadqiqotchilarining taʼkidlashlaricha, yarim asr deganda birinchi marta astma xurujlarini davolashning yangi usuli topildi. Uning alohida jihati shunda-ki, yangi preparatni faqatgina eng ogʻir holatlarda emas, balki muntazam ravishda ham qoʻllash mumkin.
Benralizumab preparatining klinik sinovlari shuni koʻrsatdiki, u kasallikning ogʻir shakllari boʻlgan odamlarda nafas olish muammolarini davolashda anʼanaviy steroid tabletkalariga qaraganda ancha samarali.
Uning tarkibidagi monoklonal antitelalar, ayniqsa, eozinofil astma boʻlgan odamlarning oʻpkasiga kirib, havo yoʻllarining shishishi va yopilishiga olib keladigan oq qon hujayralarining bir turi- eozinofillarga qaratilgan.
Astmaning ushbu shakli kasallik xurujlarini yarmini tashkil qiladi. Xuddi shu biologik mexanizm surunkali obstruktiv oʻpka kasalligining barcha ogʻir xurujlarining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Ammo London Qirollik kolleji tadqiqotchilari astma yoki surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi boʻlgan bemorlar xuruj paytida preparatni inyeksiya qilganlaridan toʻrt hafta oʻtgach, xirillash, nafas qisilishi va boshqa alomatlardan kamroq azob chekishini aniqladi.
Agar bunday hujumni — nafas olish qiyinlashuvi, xirillash, yoʻtal va koʻkrak qafasidagi siqilish — oddiy ingalyatorlar bilan nazorat qilish imkoni boʻlmasa, shifokorlar endi steroidlar kursini belgilaydilar.
Soʻnggi tadqiqotlar Benralizumabni faqatgina eng ogʻir holatlarda emas, balki uni muntazam ravishda ishlatish mumkinligini koʻrsatdi.
Olimlar barcha astma yoki surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi xurujlari bir xil emasligini tushunishdi. Bemorlarda immunitet tizimining turli qismlari turlicha javob beradi.
“Biz yalligʻlanishning turli shakllari mavjudligini koʻrdik va kerakli vaqtda bemorga toʻgʻri davolanishni buyurishimiz mumkin“ — deydi Qirollik kolleji professori Mona Bafadxel.
158 kishi ishtirok etgan tadqiqotda, bemorlar preparat bilan davolanishgach uch oy davomida kuzatilgan. The Lancet Respiratory Medicine jurnalida chop etilgan natijalar shuni koʻrsatdiki davolash muvaffaqiyatsizligi darajasi steroidlar bilan 74% ni va yangi terapiya bilan 45% ni tashkil qiladi. Yangi terapiyani olgan odamlarda kasalxonaga yotqizish, takroriy davolanishni olish va oʻlish ehtimoli kamroq boʻlgan.
Koʻngillilar, shuningdek, yangi dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin simptomlar va hayot sifati yaxshilangani haqida xabar berishdi.
“Biz 50 yil davomida davolanishni oʻzgartirmadik — bu preparat davolanishga boʻlgan yondashuvni oʻzgartiradi“, — deydi professor Bafadxel.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring