Yangilanayotgan Konstitutsiya matni Brayl alifbosida chop etildi
Foto: Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati
Mamlakatimizda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Brayl alifbosida chop etildi. Bu ezgu ish Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va “Barqaror rivojlanish markazi” tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar xabar bermoqda.
Yangilanayotgan Konstitutsiya matnidagi normalarning yarmidan koʻpi insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Jumladan, loyihaning 57-moddasiga muvofiq, mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.
Konstitutsiya loyihasining 115-moddasida Vazirlar Mahkamasi aholini, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashi zarurligi belgilangan.
Shuni ham qayd etish joizki, Milliy markaz tashabbusi bilan 2020-yilda ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun Brayl alifbosida nashr etilgan edi.
Oʻz navbatida, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Brayl alifbosidagi nashri nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring