Yangi qonun notariat tizimida qanday oʻzgarishlar qiladi?
“Notariat tizimining tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida yuqori palata aʼzolari tomonidan maʼqullandi.
Mazkur Qonunni ishlab chiqish zarurati notarial harakatlar soni oshgan sharoitda davlat notarial idoralarida qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish jarayoni murakkablashganligi, bu esa ish hajmiga qarab xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oshishiga toʻsqinlik qilishi bilan izohlanadi.
Qonun yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tajribasini hisobga olib ishlab chiqilgan.
Bugun koʻpchilik xorijik mamlakatlarda (Germaniya, Fransiya, Italiya, Estoniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda), shu jumladan MDH mamlakatlarida (Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan tashqari) notariatning nodavlat shakli faoliyat koʻrsatmoqda.
Ilgʻor xorijiy tajriba koʻrsatishicha, jismoniy va yuridik shaxslar oldini oluvchi odil sudlov funksiyasini bajaradigan notariatning faol nodavlat modeliga ehtiyoji oshgan. Bunday notariat jamiyatda oʻzgarayotgan jarayonlarga tezlikda javob qaytarishga, isteʼmolchilarning ehtiyojlariga qarab tezda oʻzgarishga qodir. Shundan kelib chiqqan holda, notariat institutining faol pozitsiyasi, oldini oluvchi odil sudlov vositasi sifatida uning takomillashtirilishi davlat xizmatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishning muhim omili boʻlishi kerak.
Shuningdek, xorijiy tajriba koʻpchilik mamlakatlarda notariuslarni birlashtiruvchi notarial palatalar (ittifoqlar) mavjudligini koʻrsatmoqda. Masalan, Germaniyada barcha birlashgan notariuslar majmuini ifodalaydigan Notarial palata yaratilgan. U oʻz aʼzolarining obroʻsi va eʼtiborini oshirish choralarini koʻradi, nazorat organlarini oʻz faoliyatidan qoʻllab-quvvatlaydi, notarial huquq boʻyicha faollikni ragʻbatlantiradi, notariuslar va stajyorlar oʻz lavozim majburiyatlarini vijdonli va toʻgʻri bajarishi boʻyicha ishlarni tashkil etadi.
Shuni inobatga olib, Qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining faoliyatini tashkil etish tartibi, uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring