“Yangi Oʻzbekiston” universitetining kirish imtihonlari qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi
“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga kirish imtihoni sentyabr oyining 6-8-sanalaridan birida 1 kun mobaynida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Imtihondan oldin barcha nomzodlar uchun tanishtiruv-maslahat kuni ham tashkil etiladi.
Imtihon davomiyligi: 3 soat (har bitta fan uchun 90 daqiqa vaqt chegarasi belgilangan)
Imtihon tili: ingliz tili
Yoʻnalishlar va fanlar:
• Kimyo muhandisligi yoʻnalishi nomzodlari uchun: Matematika va kimyo
• Mashinasozlik yoʻnalishi nomzodlari uchun: Matematika va fizika
• Dasturiy taʼminot yoʻnalishi nomzodlar uchun: Matematika va fizika
Imtihon maksimal ballari:
Kimyo va fizika- 60 ball
Matematika - 60 ball
Barcha savollar maktab darsliklariga asoslanadi. Test namunalari newuzbekistanuniversity.uz saytining “Admission” boʻlimiga joylashtirilgan.
Javoblar varaqasi Cambridge Assessment tashkiloti vakillari tomonidan Angliyaga olib ketiladi hamda imtihon natijalari sentyabr oyining oxiriga qadar eʼlon qilinadi. Ingliz tilini bilish darajasi sertifikatini topshirmagan nomzodlar 15-sentyabrga qadar taqdim etishi talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring