Vodiylik sohibkorlar qashqadaryolik tomorqachilarga amaliy koʻmaklashmoqda
Foto: Халқ сўзи
Ayni koʻklam kunlari fursatni boy bermaslik maqsadida yurtimiz boʻylab “Yashil yillik” umummilliy dasturi asosida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryoda mazkur dastur asosida mahallalarda amaliy seminarlar, tomorqachilar bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazilmoqda. Ishchi guruhi bilan birga Qashqadaryoga 200 nafar vodiylik bogʻbonlar ham tashrif buyurgan va ular tomorqachilarga vodiyda yetishtirilgan yarim pakana intensiv daraxt koʻchatlarini ekish hamda parvarishlash sirlarini oʻrgatmoqda.
A. Xaitov Qamashi tumanidan tomorqachilar Fazliddin Rahmatov, Sobir Moʻminov, Davron Hazratqulov, Zulayho Shukurova, Nishon tumanidan Choʻtmurod Choriyev, Xadicha Mengliyeva, Niyoz Usanov va Oʻrol Arziqulov faoliyatini yuksak baholadi.
— Lekin Nishon tumanidagi Ibn Sino MFY hududida fuqaro S. Norqulovga tegishli 25 sotix yer bir necha yillardan buyon hech narsa ekilmasdan kelayotgani bizni juda ajablantirdi, — deydi A. Xaitov. — Ibn Sino MFY hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi nega bu holatga huquqiy baho bermaydi? Agar egasi foydalanmasa, bu yer yoshlarga 4 sotixdan boʻlib berilsa, qanchadan-qancha oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilar edi. Shu xonadonga yon qoʻshni boʻlgan 65 yoshli Oʻrol bobo Arziqulovni qarang, tomorqasini yashnatib qoʻyibdi. Koʻkatlar, kartoshka, piyoz, sabzi ekilgan. Issiqxonasida 18 tup limondan moʻl hosil olmoqda. Otaxon yoʻlning narigi tomonidagi qarovsiz yerlarni ham oʻzlashtirib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirayotgani ibratga loyiqdir.
Binobarin, tomorqa har bir oila uchun daromad manbai va toʻkinchiligimiz asosini tashkil etadi. Shu bois “Yashil yillik” umummilliy dasturi asosida Qashqadaryo viloyatidagi 796 ta mahallada 16 mln. 356 ming dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish ishlariga jadal kirishilgan.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring