Vazir nega Qarshi davlat universitetini eʼtirof etdi?

13:35 03 Fevral 2022 Jamiyat
879 0

Foto: Халқ сўзи

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yilning 28-yanvar kuni oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan ustuvor topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi ishchi guruhi Qarshi davlat universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Ishchi guruh 1 ming 200 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosida interaktiv texnologiyalar bilan taʼminlangan raqamli universitet markazi hamda soʻnggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan kompyuter zallarini oʻzida mujassam etgan raqamli taʼlim texnologiyalari markazini koʻzdan kechirdi.

Keng va yorugʻ, shinam oʻquv auditoriyalari, maʼruza zallari, shuningdek, atom va yadro fizikasi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, mexanika va molekulyar fizika, optika, elektromagnetizm va radioelektronika hamda jahon banki granti loyihasi doirasida tashkil etilgan mikro va nanoelektronika ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, har bir qavatda QR-kodli elektron kitoblardan iborat maxsus javonlar joylashtirilgani vazir eʼtirofiga sazovor boʻldi.

A.Toshqulov joriy yilda quriladigan qator loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdi. 5 qavatdan iborat 1 min 200 oʻrinli oʻquv binosi, 400 oʻrinli axborot-resurs markazi, 600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi va talabalar oshxonasi shular jumlasidandir.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?