Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ayirboshlash bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi

17:01 14 Avgust 2024 Jamiyat
337 0

Foto: inbusiness.kz

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Buxoro va Namangan viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Buxoro shahrida tezkor reyd tadbirini oʻtkazgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.X. fuqaro M.H.dan jami 5 ming AQSH dollarini 62,7 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi yana bir holat Namangan viloyatida aniqlangan. Departamentning Kosonsoy tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar J.U. va Sh.X. fuqaro F.T.ga jami 3 ming 200 AQSH dollarini 40,5 million soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, bir nechta hududda “tadbirkor”lar 620 million soʻmlik elektrdan tekinga foydalanishmoqchi boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер