Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)
Foto: Gettyimages.com
Italiya poytaxtidagi “Olimpiko” stadionida futbol boʻyicha Italiya chempionatining 2024/2025-yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda “Roma” va “Empoli” klublari toʻqnash keldi.
Unda “boʻrilar” sharmandali magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlim oxirida “Empoli” hujumchisi Lorenso Kolomboning uzatmasidan keyin Emmanuel Gyasi boshi bilan toʻpni darvozaga kiritdi. Ikkinchi gol esa uchrashuvning 61-daqiqasida Kolombo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bahsning 77-daqiqasida zahiradan maydonga tushdi. 4 daqiqa oʻtar-oʻtmas gol muallifi boʻldi. Tommaso Baldansi oshirgan toʻpni Eldor boshi bilan darvozaning pastki oʻng burchagiga joylab qoʻydi. Qolgan daqiqalarda “Roma” hisobda oʻzgarish qila olmadi va magʻlubiyatga uchradi.
Hamyurtimiz juda ajoyib oʻyin koʻrsatdi va bu Italiyada keng muhokamalarga sabab boʻldi. “Reddit” tarmogʻidagi muhokamada Shomurodovni jamoa uchun muhim oʻyinchi ekanligini, uni jamoa sardori qilish yaxshi ish boʻlishini aytgan boʻlsa, yana boshqa foydalanuvchilar uni “Oʻzbek Messi”si deb atashgan.
“Empoli” turnir jadvalida oltinchi oʻringa koʻtarilib oldi, “Roma” esa 15-oʻringa tushib ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring