“Utair” aviakompaniyasi Samarqand va Fargʻonaga parvozlar sonini oshirdi

16:21 16 Yanvar 2023 Jamiyat
379 0

Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi parvozlar chastotasini oshirdi va Oʻzbekistonga parvozlarning yangi yoʻnalishini ochdi.

Avvalroq aviatashuvchi Moskva — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha haftasiga toʻrt marta: dushanba, seshanba, chorshanba va shanba kunlari yoʻlovchi aviatashuvlarini amalga oshirgan. 2023-yil 16-yanvardan boshlab “Samarqand” aeroporti haftasiga bir marta — dushanba kunlari Samaradan qoʻshimcha muntazam qatnovni yoʻlga qoʻymoqda.

Shuningdek, aviakompaniyaning yangi parvoz yoʻnalishi “Fargʻona” xalqaro aeroportiga boʻladi. Fargʻona — Surgut yoʻnalishi boʻyicha parvoz 2023-yil 22-yanvardan boshlab haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Takidlash joiz, “Utair” har haftaning chorshanba kunlari Moskvadan Fargʻonaga parvozlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Utair” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga 2011-yildan beri yoʻlovchi reyslarini amalga oshirib kelmoqda. Aviakompaniya Samarqand va Fargʻonadan tashqari Toshkent va Buxoro xalqaro aeroportlariga ham muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?