Urganchga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Foto: Transport vazirligi
Urganch shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy 30 dona “Zong tong” rusumli avtobuslar keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharda aholiga sifatli jamoat transporti xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, harakat tarkibini yangilash, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu jamoat transport vositalari “Bunyod yoʻlovchi tashish” MChJ tomonidan olib kelingan.
Korxona tomonidan “Oʻzmilliybank” AJning imtiyozli kreditlari asosida jami 80 dona “Zong tong” rusumli avtobuslarni xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan.
“Hozirda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 50 dona avtobus xarid qilindi. Tez orada qolgan 20 dona avtobus Urganch shahriga yetib keladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring