Umumiy bahosi 2,3 milliard soʻm boʻlgan jinoyat ishi fosh qilindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyatidagi zavodda ishlab chiqarilgan 2,3 milliard soʻmlik qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olganini maʼlum qildi. Bu haqda Departamentning rasmiy sahifasida maʼlum qilingan.
Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududidan oʻtuvchi M34-sonli avtoyoʻlda tezkor tadbir oʻtkazgan.
Unda fuqaro A.A. “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasida Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi “A-Sh.” MCHJda ishlab chiqarilgan 4 ming 232 dona “QR-kod” markirovkasi qalbaki boʻlgan alkogol mahsulotini MCHJ rahbari M.O.ning topshirigʻiga asosan Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.
Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, A-Sh.” MCHJning ishlab chiqarish sexi va omborxonasi koʻzdan kechirilganda umumiy bahosi 2,3 milliard soʻm boʻlgan qalbaki “QR-kod” markirovkali 47 ming 673 dona alkogol mahsuloti, 100 ming dona muomaladan chiqarilgan aksiz marka va 110 ming dona qalbaki “QR-kod” markirovkalar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Davlat belgisi” davlat unitar korxonasining xulosasiga koʻra, “A-Sh.” MCHJdan olingan aksiz markalar 2021-yilda ishlab chiqarilganligi, yaʼni hozirda realizatsiya qilish taqiqlanganligi qayd etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Shaxmat Olimpiadasidagi bugungi raqibimiz Misr ekanligi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring