Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Illyustrativ foto
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.
Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan, koʻp ishlab, uyga kam kelishganini taʼkidlashgan. Marhumlarning ikki nafari 26 yoshda, boshqalari esa 35 va 42 yosh boʻlgan.
Viloyat tergov qoʻmitasining xabariga koʻra, ijaradagi kvartirada gaz jihozlariga notoʻgʻri xizmat koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring