Goʻsht, sut, parranda goʻshti va tuxum narxi barqaror boʻlishi shart. Buni eplay olmaganlari ishdan ketadi – Prezident

10:13 16 Iyun 2025 Siyosat
315 0

Goʻsht, sut, parranda goʻshti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar “soya”dan chiqib ishlashi uchun QQSning yarmini keshbek qilib qaytarish tartibi oʻtgan hafta tasdiqlangan edi.

Mutasaddilar keshbekni bir kunga boʻlsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi.

“Hokimlarni ham ogohlantiraman, ushbu yangi mexanizm asosida goʻsht, sut, parranda goʻshti va tuxum narxi barqaror boʻlishi shart. Buni eplay olmaganlari ishdan ketadi”, - dedi Prezident.

Sud qarorlari vaqtida ijro boʻlmayotgani yuzasidan murojaatlar juda koʻpligi qayd etildi. Oʻtgan yili MIBga yuborilgan har beshta sud qaroridan bittasi ijro qilinmagani tanqid qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер