Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin? – Shavkat Mirziyoyev
“Xalq qabulxonalari tizimi ham aholi dardini eshitib, masalalarni hal qilish oʻrniga murojaatlarni davlat tashkilotlariga taqsimlovchi “dispetcher”ga aylanib qoldi”, - dedi davlatimiz rahbari.
Misol uchun, oʻtgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan.
Murojaatlar hal boʻlmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar koʻpaygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng koʻp murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, taʼlim, ekologiya sohalariga toʻgʻri keladi. Mingga yaqin murojaatlarda Prezidentning shaxsiy qabuli soʻralgan.
“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar koʻpayganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!” - dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring