Erkinjon Turdimov rahbar xodimlaridan diktant oldi
Barcha tashkilotlarda hujjatlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yuritilishi lozimligi toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi Sirdaryoda qay darajada bajarilayotgani viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida 17-aprel kuni oʻtkazilgan hokimlik soatida muhokama qilindi.
Bunda davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning savodxonlik darajasini baholash maqsadida oʻzbek tilida diktant olinganida ularning aksariyat qismi qoniqarsiz natija qayd etgan.
Natijalarga koʻra, Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 9 nafar rahbar xodimidan 6 nafari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 5 nafar rahbar xodimidan 4 nafari, “Oʻztelekom” AJ Sirdaryo filialining 10 nafar rahbar xodimidan 7 nafari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ viloyat filialining 8 nafar rahbar xodimidan 4 nafari qoniqarsiz natija koʻrsatdi.
Bu holat viloyat rahbariyati, jumladan, Erkinjon Turdimov tomonidan tanqid ostiga olinib, davlat tilida ish yuritish qonun talabi ekani, unga rioya qilish har bir rahbar va masʼul shaxsning fuqarolik burchiligi taʼkidlandi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi. Savodxonlikni oshirish, rahbar kadrlarni bosqichma-bosqich davlat tilida ish yuritish asoslariga oʻqitish va ularni malaka oshirish markazlariga kurslarga jalb etish belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring