Xorazm viloyatida ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish masalalari oʻrganildi

10:15 29 Yanvar 2026 Siyosat
442 0

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida ijtimoiy-iqtisodiy holat, xavfsizlik va aholiga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Urganch tumanida yaqinda ishga tushirilgan, sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan “Tilla Damar” xususiy korxonasi faoliyati oʻrganildi. Ushbu korxonada 100 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlib, 50 dan ziyod sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 6 mln AQSH dollari, eksport hajmi esa, 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

Urganch shahar hokimligi binosida joylashgan Yagona axborot-tahliliy va monitoring markazi (situatsion markaz)da shahar hayoti bilan bogʻliq jarayonlar real vaqt rejimida kuzatilib, favqulodda vaziyatlar, jamoat xavfsizligi va kommunal tizimlar holati tahlil qilinadi. Xususan, Urganch aqlli shahar loyihasining joriy etilishi, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy loyihalar taqdim etildi.

Ishchi guruh aʼzolari xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi faoliyati bilan ham tanishdi. Bu yerda deputatlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtirilgan, shuningdek, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilgan.

Deputatlar oʻz faoliyatida deputatlik soʻrovlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ovoz berish jarayonlarida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan toʻliq va samarali foydalanishlari zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari viloyatda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi.

Shu bilan birga, ishchi guruh Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasiga topshirilgan yangi zamonaviy binoda yaratilgan sharoitlarni ham koʻzdan kechirdi. Aholiga qulay xizmatlar koʻrsatish, ehtiyojmand qatlamlar bilan samarali ishlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер