Diqqat! Telegramda “bir zumda kredit olish” mazmunidagi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmang

Markaziy bank “Telegram” messenjerida namoyish etilayotgan reklamalarga nisbatan ehtiyotkor munosabatda boʻlishga chaqirdi. Bu haqida Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori Akmal Nazarov maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, bugungi kunda firibgarlar pul mablagʻlariga ehtiyojmand fuqarolarni qiziqtirish uchun “Telegram Ads” imkoniyatlaridan foydalanib, ommalashgan kanallarda “bir zumda kredit olish” mazmunidagi yolgʻon xabarlarni reklama qilib kelmoqda.
Ushbu reklama havolasida koʻrsatilgan “Crediitum” nomli botga oʻtilganda foydalanuvchiga kredit ajratishga doir oddiy savollar berilib, soʻrovnoma soʻnggida “Aynura” ismli menejer bilan bogʻlanish tugmasi paydo boʻladi.
Mazkur menejer “Aynura” akkaunti firibgarlarga tegishli boʻlib, ular bilan muloqot qilish orqali shaxsga doir va bank karta maʼlumotlarini hamda tasdiqlash kodlarini berish yoki zararli “APK” ilovalarni smartfonga oʻrnatish bank kartasidagi mablagʻlar oʻgʻirlanishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring