Oliy Majlis Senati Raisi Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar va infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishdi

Joriy yilning 2-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, infratuzilma loyihalari va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
Ishchi guruh Shota Rustaveli koʻchasini 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan savdo, koʻngilochar va turizm koʻchasiga aylantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu koʻcha Pushkin xiyobonidan “Grand Mir Hotel” mehmonxonasigacha boʻlgan 1,8 km masofani qamrab oladi. Hozirda koʻchaning ikki tomonida 162 ta tadbirkor faoliyat yuritmoqda, shundan 16 ta korxona tun-kun 24/7 rejimida ishlaydi. Loyiha natijasida 580 ta yangi ish oʻrni yaratildi, 9 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyat boshladi.
Keyingi manzilda – 144-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2024-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan yangi oʻquv binosi va taʼmirlash ishlari bilan tanishildi.
Maktab 660 oʻringa kengaytirilib, umumiy oʻquvchilar soni 1624 taga yetdi. Shu tariqa maktab oʻquvchilari uchun qulay sharoitlar yaratildi va binodan foydalanish koeffitsiyenti 1,9 dan 1,1 gacha pasaytirildi.
Shuningdek, “Boʻrijar” kanali qirgʻoqlarini betonlash, atrofini obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Shu bilan birga, hududda aholi, ayniqsa, bolalar xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Kanal boʻylab muhofaza panjaralari oʻrnatish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.
Oʻrganish davomida 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tumandagi barcha taʼlim va bogʻcha muassasalarining holati boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Shuningdek, ayrim taʼlim va sport obyektlarini taʼmirlash, koʻp qavatli uylar tom qismini yangilash uchun zarur mablagʻ ajratish masalalari ham muhokama qilindi. Mazkur takliflarni tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda koʻrib chiqish, dasturlar ijrosini tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring