Tailand va Kambodja oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish rejimi kuchga kirdi
Tailand va Kambodja oʻrtasida tuzilgan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuv kuchga kirdi, deb xabar berdi Khmer Times.
Ikki davlatning mudofaa vazirlari tegishli kelishuvni imzolagan. Hujjatga koʻra, oʻt ochishni toʻxtatish rejimi 27-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da kuchga kirgan va 72 soat davom etadi.
Oʻt ochishni toʻxtatish barcha turdagi qurollar va ulardan foydalanishga taalluqli boʻlib, fuqarolik obyektlari va infratuzilmaga, shuningdek, tomonlarning harbiy nishonlariga zarba berishni istisno qiladi.
Tomonlar kelishuv ijrosini samarali taʼminlash maqsadida ASEAN guruhi nazorati ostida chegara masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi boʻlinmalardan foydalanishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring