Afgʻonistonda internet butunlay oʻchirildi
Afgʻoniston hududida internet butunlay yoʻqoldi. Bu haqda xalqaro veb-nazorat xizmati NetBlocks xabar berdi.
Tashkilot maʼlumotiga koʻra, mamlakatda internet tarmogʻi bosqichma-bosqich oʻchirilgan va ertalabdan boshlab asosiy operatorlar ishini toʻxtatgan. Ayrim telefon aloqalari ham cheklangan.
“Afgʻonistonda hozir toʻliq internet uzilishi kuzatilmoqda. Bir nechta tarmoqlar ertalab davomida bosqichma-bosqich oʻchirildi, ayni paytda telefon xizmatlari ham taʼsir koʻrmoqda”, — deyiladi NetBlocks xabarnomasida.
Internetni oʻchirish “behayolikning oldini olish” maqsadida Tolibon amalga oshirayotgan siyosat bilan bogʻlanmoqda.
Bundan oldin Xadji Attaulla Zaid nomli mahalliy hukumat vakili mamlakatda internetdan foydalanishni cheklash rejasi borligini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, aholining ehtiyojini qondirish uchun “alternativ yechim” tayyorlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring